«Borussiya» Dortmund himoyani kuchaytirish uchun yosh iqtidorlarni topdi

  • Mr.NoBoDy14.04.2026 09:39
  • 15
  • 30

Kelgusi mavsum uchun himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlayotgan Dortmundning «Borussiya» klubi senegallik futbolchi Ibraima Bani sotib olish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshladi. Bu haqda Maisfutebol nashri xabar bermoqda.

20 yoshli futbolchi Portugaliyaning «Famalikan» klubi sharafini himoya qiladi. Ayni damda «Famalikan» rahbariyati futbolchi uchun 25 million yevro (shundan 5 millioni bonuslar ko‘rinishida) olishni kutmoqda. Ba — Ugo Oliveyra qo‘l ostida mamlakat chempionatida o‘zi uchun rekord bo‘lgan beshinchi o‘rinni egallab turgan jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. 2025/26 yilgi mavsumda u 22 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Portugaliya chempionatidan «Borussiya»ga juda yoqayotgan yana bir yosh markaziy himoyachi — bu 20 yoshli fransuz Bastyen Myopiyudir. U Angliyaning «Vulverxempton» klubiga tegishli bo‘lib, hozirda «Alverka»da ijara asosida to‘p surmoqda.

Ўхшаш янгиликлар