Virtc Van Deykning gaplariga qo'shilmaydi: "Liverpul" taslim bo'lgani yo'q"

  • Mr.NoBoDy 08.04.2026 00:16
  • 25051
  • 30

"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virtc Angliya Kubogi doirasidagi "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:4) so'ng jamoadoshi Virdjil van Deykning fikrlariga munosabat bildirdi.

Avvalroq jamoa sardori Van Deyk: "Liverpul" qaysidir pallada taslim bo'ldi, shekilli. Muxlislardan uzr so'rayman - biz ularni, o'zimizni va murabbiyni uyatga qoldirdik", - degan edi.

"Virdjilning bunday deganidan xabarim yo'q edi. Men bu fikrga qo'shilmayman, chunki biz oxirigacha vaziyatlar yaratishga va o'yinni o'zgartirishga harakat qildik.

Albatta, o'yinning 80-daqiqasi o'tib borayotgan va hisob 0:3 bo'lgan paytda ruhiy jihatdan kurashni davom ettirish juda qiyin. Ammo biz hatto 0:3 va 0:4 hisobida ham bor kuchimizni berishga intildik. O'sha vaziyatda ham bizda bir nechta imkoniyatlar bo'ldi. "Siti"ga 0:4 hisobida yutqazish bizning darajamiz emas, biz keyingi bosqichga chiqmoqchi edik. Keyingi yil yaxshiroq ishtirok etishga harakat qilamiz", - dedi Virtc.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" ushbu mag'lubiyatdan so'ng Angliya Kubogidagi ishtirokini to'xtatdi. Endi mersisaydliklar bor e'tiborini APL va Evrokuboklarga qaratishga majbur.

Ўхшаш янгиликлар