Pioli Saloh o'ynayotgan jamoani boshqarishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 14.09.2026 19:56
  • 9874
  • 30

1 sentyabr kuni bosh murabbiylik postini Fatih Tekke tark etgach, “Trabzonspor” yangi mutaxassis qidiruviga faol kirishdi.

“Sky Sport Italia” nashrining xabar berishicha, klub italiyalik murabbiy Stefano Pioli bilan bog'lanib, uning tayinlanish ehtimolini baholab ko'rgan.

Tarkibida “Liverpul”ning yulduzli sobiq hujumchisi Muhammad Saloh harakat qilayotgan jamoa mavsum boshini og'ir o'tkazmoqda. Milliy chempionatning dastlabki besh turida jamoa atigi ikkita g'alaba, bir durang va ikki mag'lubiyat qayd etdi. Eng katta zarba esa Yevropa Ligasining pley-off bosqichida kuzatildi - turk klubi “Ferencvarosh”ga umumiy 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

2025 yilning noyabrida “Fiorentina”dan bo'shatilganidan beri ishsiz yurgan Pioliga qiziqish bo'lishiga qaramay, “beIN Sports” manbasiga ko'ra, “Trabzonspor” rahbariyati hozirda boshqa bir tajribali murabbiy - Shenol Gyunesh bilan shartnoma imzolashga yaqinroq turibdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar