
"Raqib jamoani tabriklaymiz. Ularning so'nggi o'yinlarda borgan sari yaxshilanib borayotgani ko'rinib turgandi, murabbiy kelishi bilan, hissiyotlar... Yosh yigitlar harakat qilishyapti, bor kuchlarini berishyapti, futbol o'ynashni xohlashyapti va bu o'z natijasini beryapti. Biz haqimizda esa nimayam derdim... Agar siz hali g'alaba qozonmagan bo'lsangiz, unda biz siz bilan o'naymiz. Yordam beramiz va g'alaba qozonasiz.
Birinchi bo'limdagi daxshatli o'yin, umuman tushunarsiz o'yin bo'ldi. 45-daqiqadagi ahmoqona gol, bunday gollar bizda allaqachon odatga aylanib qolgan. Birinchi 10 daqiqada albatta gol o'tkazib yuborishimiz kerak o'zi. Odatda o'zimizga o'zimiz urardik, bugun raqib urdi. Shuning uchun ofarin "Bunyodkor". Yigitlar harakat qilishdi, ular bizni haqli ravishda mag'lub etishdi deb hisoblayman", - deya gap boshladi Aleksandr Xomyakov.
- Men birinchi navbatda darvozabonni kuzatdim. O'yin har xil bo'ldi. To'p nazorati, maydonda harakatlanish nuqtayi nazaridan - siz "Bunyodkor"ni ortda qoldirdingiz. Lekin vaziyatlar nuqtayi nazaridan ularda vaziyat deyarli bo'lmadi.
- To'rt marta zarba berishdi, ikkitasi kirdi. Ularda yo'q joydan gol bo'ldi.
- Darvozabonning ishi bo'yicha savol bor edi. Ismlarga to'xtalmasdan, umuman darvozabonning o'yiniga qanday izoh bera olasiz?
- Darvozabon uzoq vaqt o'ynamagani, o'yin amaliyotisiz qolgani ko'rinib turgandi. Epizodlarda uning asabiylashayotgani ham sezildi. Shuning uchun ha, u yaxshiroq o'ynashi mumkin edi. Lekin umuman olganda, uni ayblashdan foyda yo'q, butun jamoa rasvo o'ynadi. Yana bir bor aytaman, ayniqsa birinchi bo'limda. Sabablari tushunarli. Hamma mutaxassislar bizning jamoalarga tayyorgarlik ko'rayotganda sabab nima ekanini ko'rishadi. Biz o'zimizni futbolchi hisoblay boshladik, futbol o'ynay olamiz deb o'ylab qoldik. Muammo mana shunda. Biz jang qilishni to'xtatdik, yakkakurashlarda yutishni to'xtatdik. Bugungi o'yinda, ayniqsa birinchi bo'limda, butun ikkinchi to'pni, barcha qaytgan to'plarni yutqazdik. Hammamiz to'p bilan bo'lishni xohlaymiz. Va eng asosiy muammo - bu psixologiya. Mana nechanchi o'yindirki, 10-daqiqadayoq gol o'tkazib yuboryapmiz. Hozircha buni eplay olmayapman. Qanday sankciyalar kiritishni ham bilmayman. Dastlabki 10 daqiqada maydonda yo'qmiz, doim raqibga imkoniyat beryapmiz. Yana bir bor qaytaraman: 45-daqiqada mutlaqo ahmoqona gol bo'ldi. Qaytgan to'plarni yuta olmayotganimizni ko'ra turib, o'sha uzun uzatmani oshirishdan nima mantiq bor edi? O'zimizga o'zimiz kiyinish xonasiga gol olib kiryapmiz. Sabablari tushunarli va bu vaziyatda tanaffusga chiqishimiz bizga juda yordam beradi, chunki jamoani qaytadan yig'ish kerak.
- Bu mavhumlik yetakchilarga ham ta’sir qilyaptimi? Bugun Esanov o'ziga o'xshamadi. Rodichni maydonda yo'qolib qolgandek. Bunyodkor esa xuddi piranyalardek raqibga tashlandi.
- Ular yosh bolalar, garchi biz bu haqda ogohlantirgan bo'lsak ham. Agar biz ularga o'yin ritmini his qilishlariga va o'yinlari qovushayotganini sezishlariga yo'l qo'yib bersak - ular shunday o'ynashda davom etishadi. Afsuski, ularga shunday o'ynashga o'zimiz yo'l qo'yib berdik. Biz barcha kurashlarni yutqazdik. Bizda markaziy yarim himoyachilar yo'q edi, jamoaga olov beradigan, shu orqali jamoa o'ynab, ochko yig'adigan yigitlar yo'q edi. Himoyadagi qatiy o'yin - biz har o'yinda gol o'tkazyapmiz. Himoyadagi qatiy o'yin nima hisobiga qurilardi? Tayanch yarim himoyachilarining itdek tashlanishi hisobiga. Biri terma jamoada, biri jarohat olgan. Muammo shunda, biz butun o'yinni himoyadan quramiz. Ammo hozir gol o'tkazib yuborganimizda, sochilib ketyapmiz, qarang qanday bo'shliqlar, daxshat. Bunday o'ynab bo'lmaydi. Men buni tushunib olishim kerak va tanaffus ayni muddao bo'ladi.

- Tanaffusdan keyin Hamroev va Ro'ziev safga qaytishini kutish mumkinmi?
- Tanaffusdan keyin Ro'zievni ko'rishni juda xohlardim va Xayrullaevlarning terma jamoa bilan holati qanday bo'lishini bilmayman. Balki tanaffusdan so'ng jarohatlanganlar safga qaytar, Ubaydullaev qaytishi mumkin. Hammasini qayta yig'ishga harakat qilamiz, chunki hozir sodir bo'layotgan narsalar - bu fojia.
- Siz Xayrullaev va Javohir Ro'zievning yo'qligi o'z ta’sirini o'tkazganini aytdingiz. Bugun o'yin boshida zaxiradan Azizbek (Rajabov) maydonga tushdi. Aslida u yomon harakat qilmadi. U haqida nima deya olasiz, chunki u ko'plab kurashlarda yutib chiqdi?
- Menga ham uning o'yini yoqdi. Juda yoqdi. Tajribali futbolchilarimizdan farqli o'laroq, u o'ynashga harakat qildi, kurashda yutib chiqdi va to'pni oldinga olib o'tdi. Biz esa shunchaki to'pni harakatlantirishni to'xtatdik, muammo shunda. Biz shunchaki yashirinib oldik. Biz to'pni harakatlantirmayapmiz. Himoyada, oldinlari ham himoyalanganda - to'pga egalik qilganmiz va nazorat asosiy o'rinda bo'lgan demayman, lekin himoyada tartibli o'ynaganmiz. Va himoyadan hujumga o'tganmiz. Yana bir bor aytaman, tayanch yarim himoyachilari beradigan o't yo'q. Va tan oling, darvozabon bizni tez-tez qutqarib qolardi. Qayerdadir qaysidir vaziyatlarda shunchaki omadimiz kelardi. Hozir esa omadimiz kelmayapti, o'zimizga o'zimiz gol uryapmiz. Ikki o'yinda o'z darvozamizni ishg'ol qildik. Mana shu narsani hozir tahlil qilib chiqish kerak. Sof psixologik jihatlar. Biz maydonga tushamiz va birinchi 10 daqiqada yo'qmiz. Darhol raqibga imkoniyat berib yuboramiz va keyin o'ynashda davom etamiz.
- Yig'inlardan keyingi tanaffusdan so'ng, tayanch zonasida zichroq o'ynash uchun uchta markaziy himoyachi taktikasiga o'tishni ehtimoli bormi?
- Biz o'zi besh himoyachi bilan boshlagandik... Tanaffusdan keyin aynan shunday boshlagan edik, men jahon chempionatidan keyin Esanov bizdan ketishi mumkin deb o'yladim va biz beshtalik himoyaga o'tgan edik. Lekin keyin jahon chempionati bo'ldi va u ketishi mumkin edi... Men murabbiy sifatida buni oldindan ko'rishim kerak. Shuning uchun bizda bunday kreativ yarim himoyachi bo'lmasligini hisobga olib, beshtalik himoyaga o'tgan edik. Dastlabki ikki-uch o'yinda o'ynadik, Sher chempionatdan qaytdi, u tarkibga tusha olmadi. Yordam bera oladigan terma jamoa o'yinchisini zaxirada ushlab turish - bu ham aqlga sig'maydi. Shuning uchun yana to'rtta himoyachiga qaytdik. Beshta himoyachiga o'tish bizga sezilarli yordam beradi deb o'ylamayman, garchi biz beshtalikda o'ynashni bilsak ham, bizda imkoniyatlar bor. Lekin maydon markazi, maydon markazini biz boy beryapmiz. Muammo mana shunda.