"Paxtakor" ustozi: "Havo harorati va yuqori namlik qiyinchilik tug'dirdi"

  • Mr.NoBoDy 15.09.2026 02:56
  • 14346
  • 30

"Al Ahli" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi Elit OCHL uchrashuvidan (1:1) so'ng "sherlar" ustozi Emilian Karas matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin kutganimizdek qiyin kechdi. "Al Ahli" juda kuchli va tajribali jamoa. Havo harorati va yuqori namlik ham qiyinchilik tug'dirdi. Shu sababli taanffusdayoq o'zgarishlar boshlandi. Gol urganimizdan keyin ikkita qarshi hujum uyushtirdik, ammo foydalana olmadik. Bellashuv taqdirini hal qilishimiz mumkin edi. Mezbonlar ham golga arzirli o'ynashdi, lekin golli imkoniyatlarimiz bo'lgandi.

"Al Ahli"da o'zgarishlar bo'lganini bilamiz. Lekin bellashuvga hozirlik ko'rishda o'z futbolimiz haqida bosh qotirdik. Mezbonlar murabbiyini "Shaxtyor"dagi faoliyatidan bilaman. Unga yangi jamoasida barchasini o'zgartirish uchun vaqt kerak.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar