Anvar G'ofurov: "OKMK bunday tarkib va murabbiy bilan jadvalda yuqoriroq turishi kerak"

  • Mr.NoBoDy 09.04.2026 00:16
  • 7105
  • 30

OKMK hamda "Surxon" o'rtasidagi bahsdan (1:1) so'ng mehmonlar ustozi Anvar G'ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Anvar G'ofurov: “Qiyin o'yin bo'lishini bilgandik. Chunki OKMK jadvalda o'z o'rnida emas. Bunday tarkib va murabbiy bilan jamoa ancha yuqori o'rinlarda bo'lishi kerak”.

- OKMKning bugungi o'yinidan so'ng ochkolar yo'qotish tasodif emasligi oydinlashdi…

- Biz ham bunga bor kuchimiz bilan harakat qildik.

- “Surxon”dagi dastlabki bahslaringizda g'alabalarga erishdingiz. Bugun ham ushbu seriyani davom ettirish niyatidamidingiz?

- Albatta. Shunday rejalar bor edi. Ammo har doim ham istaganingiz amalga oshavermaydi. Bahs davomida o'zgarishlar yordamida maqsadga yetishga harakat qidik.

Ўхшаш янгиликлар