"Milan" YCHLga chiqa olmagani uchun Allegrini iste'foga chiqaradi. Buni Ibragimovich talab qildi

  • Mr.NoBoDy 25.05.2026 20:40
  • 175
  • 30

Massimiliano Allegri "Milan" bosh murabbiyligini tark etadigan bo'ldi.

Seriya Aning yakunlangan mavsumi natijalariga ko'ra, "rossoneri" turnir jadvalida 70 ochko bilan 5-o'rinni egalladi va Chempionlar Ligasi yo'llanmasidan quruq qoldi.
Calciomercato nashrining xabar berishicha, "Milan" xo'jayinlarining maslahatchisi Zlatan Ibragimovich klub rahbariyatiga chempionatning so'nggi turidan o'rin olgan "Kalyari"ga qarshi o'yin (1:2) oldidan ham Allegri bilan hamkorlikni to'xtatishni taklif qilgan edi. Ushbu mag'lubiyatdan keyin u o'z so'zida qatiy turib oldi va yakunda klub rahbariyati bunga rozilik bildirdi.
Shuningdek, klubni sport direktori Igli Tare va bosh ijrochi direktor Jorjio Furlani ham tark etishi kutilmoqda. Texnik direktor Jeffri Monkadaning shartnomasi esa uzaytirilmaydi.
Yangi sport va bosh direktorni tanlash jarayoniga shaxsan Zlatan Ibragimovich hamda "Milan" direktorlar kengashi a'zosi Massimo Kalvelli mas'ul bo'lishadi.

Ўхшаш янгиликлар