
«PSJ» klubi navbatdagi transfer oynasida darvoza chizig‘ini kuchaytirish niyatida va «Brayton» posboni Bart Verbryuggenga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Yahoo Canada Sports.
Manbaning ta’kidlashicha, Lyuka Shevalyening «PSJ»ga transferi hozirda muvaffaqiyatsiz deb hisoblanmoqda va Parij klubi yaqin vaqt ichida vaziyatni o‘nglashi zarur.
Fransiyalik darvozabonning jamoadan ketishi allaqachon muhokama qilinmoqda, biroq bu holat Matvey Safonovning foydasiga ishlamaydi. Rossiyalik posbon mavsumni yaxshi o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, «PSJ» rahbariyati uni uzoq muddatli asosiy darvozabon sifatida ko‘rmayapti. Shu sababli, klub sport direktori Luish Kampush yangi golkiper izlash bilan band.
Verbryuggenning «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.