Ozarbayjon. Rahmonalievning "Sabah" jamoasi "Araz"ni mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 07.04.2026 23:32
  • 15352
  • 30

Ozarbayjon Premer-ligasining 26-turi doirasida hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev to'p tepadigan "Sabah Baku" klubi safarda "Araz" mehmoni bo'ldi.

Gollarga boy kechgan bahsda mehmonlar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

"Araz" – "Sabah Baku" 2:4

Gollar: Santos, 7 (1:0), Simich, 13 (1:1), Keyta, 26 (2:1), Mikels, 37-pen (2:2), Mikels, 63 (2:3), Parris, 81 (2:4).

"Sabah" safida harakat qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Umarali Rahmonaliev ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va bahsda to'liq ishtirok etdi.

Ozarbayjon Premier League 2025/2026. Jadval.

Ўхшаш янгиликлар