
Klub oxirgi marta 1961 yilda ushbu divizionda ishtirok etgan edi.
Maykl Skubala shogirdlari mavsum tugashiga 6 tur qolganda uchinchi o'rindagi jamoadan 19 ochkoga o'zib kyetishdi. Ayni damda klub 12 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqda va 1952 yildan beri ilk bor chempionlikni qo'lga kiritishga yaqin turibdi.
"Linkoln Siti"ning joriy mavsumdagi dahshatli statistikasi:
Mag'lubiyatsiz seriya: 24 o'yin (19 g'alaba va 5 durang);
Uy uchrashuvlari: Butun mavsum davomida o'z maydonida bor-yo'g'i bir marta mag'lub bo'ldi;
Ko'rsatkichlar: Ligada eng ko'p gol urgan va eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoa bo'lib turibdi.
Ma'lumot uchun, ingliz futboli tarixida ikkinchi divizionga qaytish uchun eng uzoq kutgan klub "Kryu Aleksandra" (100 yildan ortiq) hisoblanadi. "Linkoln Siti" esa bu borada ikkinchi o'rinda qayd etildi.