Vensan Kompani: "Vinisius kabi futbolchilar dunyo futboliga kerak"

  • Mr.NoBoDy 08.04.2026 11:48
  • 510
  • 30

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani "Real" hujumchisi Vinisius Juniorning o'yin uslubi va xarakteri haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bazan futbol dunyosiga boshqalardan ajralib turadigan mana shunday o'yinchilar kerak bo'ladi. Bizda ham shunday futbolchilar bor va ularning muvaffaqiyatidan xursand bo'lamiz. Masalan, "Bavariya"da Frank Riberi shunday o'yinchi edi. Shu sababli men Vinisiusga katta hurmat bilan qarayman.

Albatta, uning bizga qarshi o'ta yaxshi o'ynashini xohlamayman, lekin insoniy munosabatlar natijadan muhimroq. Menimcha, Vini o'zligicha qolishi kerak", - deya Kompanining so'zlarini keltirmoqda "Goal" nashri.

Braziliyalik yulduz joriy mavsum Chempionlar Ligasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" va "Real" o'rtasidagi javob uchrashuvi 15 aprel kuni Myunxendagi "Arena Myunxen" stadionida bo'lib o'tadi. Dastlabki bahsda myunxenliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Ўхшаш янгиликлар