
«Aston Villa» hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojers shu yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. Futbolchiga «Chelsi» jamoasi da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda Sky Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, londonliklar transfer shartlarini muhokama qilish uchun futbolchining vakillari bilan allaqachon bog‘lanishgan. «Aston Villa» esa o‘z hujumchisi uchun 90 million funt sterling olmoqchi, vaholanki Transfermarkt portali yarim himoyachini 80 million yevroga baholagan.
«Chelsi»da Rojers joriy mavsumda o‘zini yaxshi ko‘rsatayotgan Enso Fernandesning o‘rnini egallashi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, argentinalik futbolchiga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda.
Rojersning «Aston Villa» bilan shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda uning hisobida APLda 32 ta o‘yin, 8 ta gol va 6 ta natijali uzatma mavjud.