
"Men bu mamlakat uchun chet ellik murabbiy ekanimni bilaman. Ammo men bu yerda federatsiyaga, murabbiylar shtabiga va futbolchilarga yordam berish uchunman. Men g'alaba qozonishni xohlayman. Bosimni his qilyapman, ammo men g'olibman. Va men tayyorman, maksimal darajada tayyorman", - deydi Xavining so'zlarini "The Touchline" nashri.
Xavi 12 avgust kuni Niderlandiya terma jamoasini boshqardi. Avvalroq mutaxassis 2021 yildan 2024 yilgacha "Barselona"da ishlagan. Uning qo'l ostida Kataloniya jamoasi Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogida zafar quchgan. Bungacha mutaxassis Qatarning "Al Sadd" klubini boshqargan.