
Ushbu o'yinda "ko'klar" 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Bahs Londondagi "Kreyven Kottedj" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Jon Bruks bosh hakam sifatida ishladi.
Joao Pedro 1-daqiqada mehmonlarni oldinga olib chiqdi, Josh King 23-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Morgan Rodjers 41-daqiqada "Chelsi"ning ushbu o'yindagi ikkinchi golini urdi, 49-daqiqada esa Koul Palmer hisobni mehmonlar foydasiga 3:1 ko'rinishiga keltirdi. Gonsalo Garsiya 54-daqiqada "dachniklar"ning hisobdagi farqini qisqartirdi.
Keyingi turda "Fulxem" 30 avgust kuni safarda "Sanderlend"ga qarshi o'ynaydi, "Chelsi" esa shu kuni "Brayton end Xouv Albion"ni qabul qiladi.
Angliya Premer-ligasi. 1-tur
"Fulxem" - "Chelsi" 2:3
Gollar: King 23, Gonsalo Garsiya 54 - Joao Pedro 1, Morgan Rodjers 41, Koul Palmer 49.
"Fulxem": 1. Bernd Leno, 21. Timoti Kastan, 3. Kelvin Bassi, 4. Xorxe Kuenka, 33. Entoni Robinson (Rodrigo Muniz, 82), 16. Sander Berge (Rayan Sessenon, 73), 17. Aleks Ivobi, 14. Oskar Bobb (Shey Charlz, 67), 24. Djoshua King, 8. Karlos Palasios (Kevin, 73), 7. Gonsalo Garsiya.
"Chelsi": 1. Robert Sanches, 34. Djosh Acheampong, 5. Maksans Lakrua, 6. Levi Kolvill, 24. Ris Djeyms, Pau Chavarria (21. Yorrel Xato, 65), Enco Fernandes (45. Romeo Lavia, 65), Pedru Netu (27. Malo Gyusto, 76), Jeovani Kenda (17. Morgan Rodjers, 82), Estevao (10. Koul Palmer, 83), 9. Joao Pedro.