
O'yin Bakudagi "Tofiq Bahramov" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuv "Sabax" foydasiga 5:2 hisobida yakunlandi. Birinchi uchrashuvda "Hapoel" 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Shu tariqa, ikki o'yin natijasiga ko'ra Ozarbayjon klubi 6:4 hisobida ustun kelib, Chempionlar Ligasining umumiy bosqichiga chiqdi.
"Hapoel" kuchli bosim o'tkazdi. Natijada gol o'tkazib yubordik. Biz xatolarga yo'l qo'ydik va ularni albatta tahlil qilamiz. Stadionga kelgan muxlislar bu kechani unutishmaydi. Men albatta bu yutug'imizni nishonlayman.
Ajoyib kecha! Muxlislarga rahmat! Yigitlar juda yaxshi o'ynashdi. "Sabah" - men qachondir murabbiylik qilgan eng yaxshi jamoa. Biz dunyodagi eng yaxshi turnirning asosiy bosqichiga chiqdik! Bugun men dunyodagi eng baxtli murabbiyman!", - deydi Dambrauskasning so'zlarini UEFA rasmiy sayti.
Ozarbayjonning "Sabah" klubi o'z tarixida ilk bor UEFA Chempionlar Ligasining umumiy bosqichiga chiqdi.
Klub 2017 yilda tashkil etilgan. O'tgan mavsumda "Sabax" ilk bor Ozarbayjon chempionatida g'olib chiqqan edi.