"Arsenal" klub tarixidagi rekord darajadagi sotuvga yaqin

  • Mr.NoBoDy 26.08.2026 09:48
  • 778
  • 30

"Arsenal" 25 yoshli vinger Gabriel Martinellini Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga sotish bo'yicha bitimni yakunlashga yaqin.

"The Sun" xabariga ko'ra, "kanonirlar" 50 million funt sterlingdan ortiq mablag' olishadi, bu esa transfer summasi bo'yicha klub rekordiga aylanadi. Muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi.

Martinellining o'zi, agar o'tishga rozilik bersa, maoshi oshishini qo'lga kiritadi. London klubida u haftasiga 180 ming funt maosh olmoqda.

O'tgan mavsumda Martinelli "Arsenal" safida barcha turnirlarda 53 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар