Brunu PFA talqiniga ko'ra APLda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

  • Mr.NoBoDy 26.08.2026 01:48
  • 4454
  • 30

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) Brunu Fernandeshni APLning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topdi.

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi ovoz berish jarayonida Rayan Sherki, Erling Xoland (ikkalasi - "Manchester Siti"), Gabriel Magalyaes, David Rayya va Deklan Raysni (barchasi - "Arsenal") ortda qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, Brunu avvalroq APL hamda Futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi talqiniga ko'ra ham mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар