
"Ikki milliarddan ortiq insonlar qarshisida bunday manzara yuzaga kelishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Ammo eng muhimi - futbolchilarimiz qurbonga aylanishdi. Ularning hech biri ushbu to'qnashuvlarning birortasiga aloqador emas edi. Ular qurbon bo'lishdi va aslida shuncha hodisalar sababli eng ko'p aziyat chekishdi", - deydi de la Fuentening so'zlarini "Yahoo Noticias" nashri.
O'tgan juma kuni FIFA Tartib-intizom qo'mitasi finaldan keyingi dahanaki janjal ishtirokchilariga nisbatan sankciyalarni e'lon qildi: Argentinalik himoyachi Leandro Paredes 10 ta o'yinga, Nauel Molina - 7 ta o'yinga, murabbiy Roberto Ayyala - 3 ta o'yinga va Tyago Almada - 1 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Ispaniya tomonidan Gavi bir o'yinni o'tkazib yuboradi.