Xoland, Fernandesh, Saliba va boshqalar - PFA talqini bo'yicha 2025/2026 yilgi mavsum APL ramziy terma jamoasi tuzildi

  • Mr.NoBoDy 26.08.2026 08:56
  • 330
  • 30

Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.

Bu tanlov boshqa futbolchilar tomonidan amalga oshirildi.

Darvozabon: David Rayya ("Arsenal").

Himoyachilar: Yurrien Timber ("Arsenal"), Gabriel Magalyayns ("Arsenal"), Vilyam Saliba ("Arsenal"), Niko O'Rayli ("Manchester Siti").

Yarim himoyachilar: Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Deklan Rays ("Arsenal"), Rayan Sherki ("Manchester Siti").

Hujumchilar: Erling Xoland ("Manchester Siti"), Antuan Semeno ("Bornmut"/"Manchester Siti"), Igor Tyago ("Brentford").

Ўхшаш янгиликлар