
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Jahon chempionati — 2026ning 1/8 finalidagi ehtimoliy raqib haqidagi savolga javob berdi. Ushbu bosqichda «Furiya Roxa» Portugaliya — Xorvatiya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
«Biz Portugaliyani ham, Xorvatiyani ham juda yaxshi bilamiz. Bular — ikkita ajoyib jamoa. Ulardan qaysi biri g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, biz ular bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutamiz», — dedi de la Fuente Avstriyaga qarshi kechgan 1/16 final o‘yinidan so‘ng.
Portugaliya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanadi. Ushbu jamoalardan birining Ispaniyaga qarshi 1/8 final doirasidagi uchrashuvi dushanba kuni, 6 iyulda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv AQSHdagi «Ey-Ti-end-Tӣ» stadionida o‘tkaziladi.