Portugaliya va Ronaldu nimchorak finalda

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 06:24
  • 1349
  • 30

JCH-2026 1/16 finali doirasidagi Portugaliya - Xorvatiya o'yini bo'lib o'tdi.


1-bo'limda katta ustunlik qilgan Portugaliya gol ura olmadi. Dastlabki 45 daqiqalikda birorta aniq zarba bera olmagan Xorvatiya esa 2-taymda o'yinni keskin o'zgartirib yubordi va jami 6 ta aniq zarba berdi. Hisobni ham Modrich vatandoshlari ochishdi.

Qolgan vaqtda Ronaldu va Ramush o'z gollari bilan kambekni taminlashdi. O'yinning oxiri dramaga aylanib ketdi. Xorvatlarning 90+10-daqiqada urgan goli ofsayd tufayli hisobga olinmadi.

Braziliya, Angliya va endi Portugaliya kambek bilan 1/8 finalga yo'l olishdi.


Luka Modrich uchun bu terma jamoa libosidagi oxirgi o'yin bo'ldi.


1/8 finalda Portugaliyani Ispaniya kutib turibdi. Katta afishali zo'r o'yin bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar