
Tarkibida Krishtianu Ronaldu bo‘lgan Portugaliya terma jamoasi JCH-2026ning 1/16 finalida Luka Modrich yetakchiligidagi Xorvatiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi.
41 yoshli hujumchi 68-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Gonsalu Ramush portugaliyaliklarga keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim etdi.
«Men Modrich bilan ko‘p yillar davomida birga to‘p surganman. Uning hali ham yuqori darajada harakat qilayotganini ko‘rish juda yoqimli. Men uni ajoyib faoliyati bilan tabrikladim va kelajakda eng ezgu tilaklarimni bildirdim», — deya Ronalduning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline nashri.
40 yoshli yarim himoyachi uchun ushbu uchrashuv Xorvatiya terma jamoasi libosidagi va umuman olganda faoliyatidagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin.
Portugaliya Jahon chempionatining 1/8 finalida Ispaniya bilan to‘qnash keladi.