
JCH-2026ning 1/16 finalidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda Portugaliya terma jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifi Gonsalu Ramush final hushtagidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
«Milan»ning yangi a’zosi 94-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, tabloda yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:1.
«Qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘lib darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik, azob chekishimizga to‘g‘ri keldi, hafsalani pir qiladigan vaziyatlar ham bo‘ldi, lekin eng muhimi — g‘alaba bizniki bo‘ldi. Biz o‘z kuchimizni ko‘rsata oldik va keyingi bosqichga yo‘l oldik. Endi hammasi ortda qoldi, e’tiborni bo‘lajak uchrashuvga qaratishimiz lozim», — dedi Ramush o‘yindan keyingi intervyusida.
6 iyul kuni Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatining 1/8 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.