
Jahon chempionatida 1/8 finalning yana bir juftligi aniqlandi. Portugaliya terma jamoasi shiddatli kurashda Xorvatiya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi (2:1), undan avvalroq esa Ispaniya Avstriyadan ustun kelgan edi (3:0). Pley-offning ikkinchi raundida portugaliyaliklar va ispanlar o‘zaro to‘qnash kelishadi.
Ayni paytda JCH-2026 1/8 finalining sakkizta juftligidan oltitasi aniqlab bo‘lindi (o‘yin boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan):
Kanada — Marokash (4 iyul, soat 22:00)
Paragvay — Fransiya (5 iyul, soat 02:00)
Braziliya — Norvegiya (6 iyul, soat 01:00)
Meksika — Angliya (6 iyul, soat 05:00)
Portugaliya — Ispaniya (7 iyul, soat 00:00)
AQSH — Belgiya (7 iyul, soat 05:00)
Pley-offning qolgan yo‘llanmalari Shveysariya — Jazoir, Kolumbiya — Gana, Avstraliya — Misr hamda Argentina — Kabo-Verde o‘rtasidagi uchrashuvlarda aniqlanadi.