JCH-2026. Portugaliya qo‘shimcha daqiqalarda urilgan gol evaziga Xorvatiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 06:22
  • 97
  • 30

2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finali doirasida Portugaliya va Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Kanadaning Toronto shahridagi «Bi-Em-O Fild» stadionida o‘tkazilgan uchrashuvda portugaliyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Hisob 53-daqiqada Ivan Perishichning goli bilan ochildi. 68-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Uchrashuv taqdiri esa 90+4-daqiqada hal bo‘ldi — Gonsalu Ramush g‘alaba goliga mualliflik qildi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqada Xorvatiya hisobni tenglashtiruvchi golni urdi, ammo hakam vaziyatni qayta tomosha qilgach, ofsayd tufayli golni bekor qildi.

Shu tariqa Roberto Martines shogirdlari 1/8 finalga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda Portugaliya Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Jahon chempionati–2026. 1/16 final
3 iyul, 2026 yil. Toronto, «Bi-Em-O Fild».
Portugaliya — Xorvatiya — 2:1
Gollar: Perishich, 53 (0:1), Ronaldu, 68 (pen.) (1:1), Ramush, 90+4 (2:1).

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar