
Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 finalida Portugaliya va Krishtianu Ronalduga qarshi o‘ynash ehtimoli haqida o‘z munosabatini bildirdi.
Avstriya ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan keyin 18 yoshli futbolchidan keyingi bosqichda Ronalduga qarshi maydonga tushishni xohlashi yoki yo‘qligi so‘raldi.
«Menga farqi yo‘q — Xorvatiyami yoki Portugaliyami. Krishtianuga qarshi o‘ynash men uchun sharaf bo‘ladi, ammo bu hal qiluvchi omil emas. Biz rivojlanishda davom etishimiz kerak va hech kimdan qo‘rqmaymiz», — dedi Yamal.
Ispaniyalik iqtidor egasi terma jamoa bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritish uning eng katta orzusi ekanini ham ta’kidladi.
«Jahon chempionatidan ulug‘roq musobaqa yo‘q. Bu har bir bolaning orzusi. Biz keyingi bosqichga chiqdik, mening orzum esa Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritish», — dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya 1/16 finalda Avstriyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Ispanlarning keyingi raqibi Portugaliya — Xorvatiya juftligi g‘olibi bo‘ladi.