Ronaldu jahon chempionatlari pley-offidagi ilk golini urdi (video)

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 05:44
  • 1423
  • 30

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatida ilk bor jahon chempionati pley-off bosqichida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu voqea 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda ro‘y berdi. Ronaldu 71-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Ushbu bahsga qadar 41 yoshli forvard jahon chempionatlarining pley-off bosqichida sakkizta o‘yin o‘tkazgan, ammo ularning hech birida gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmagan edi.

Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida besh marta Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni va ikki karra Millatlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, u milliy terma jamoalar, Yevropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Jahon chempionati–2026. 1/16 final
3 iyul, 2026 yil
Portugaliya — Xorvatiya — 1:1 (o‘yin davom etmoqda)
Gollar: Ronaldu, 68 (pen.) — Ivan Perishich (53)

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar