"Monako" 11 mln. evroga "Barselona" futbolchisini sotib oldi

  • Mr.NoBoDy 30.06.2026 20:56
  • 231
  • 30

"Monako" "Barselona" vingeri Ansu Fatini sotib oldi.

Avvalroq bitim summasi 11 million evroni tashkil etgani xabar qilingandi. "Barselona" va "Monako" Ansu Fatining to'liq transferi bo'yicha kelishuvga erishdi", - deya ma'lum qildi kataloniyaliklar klubi matbuot xizmati. O'tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi "Monako"da ijara asosida o'ynagan. U Liga 1da 25 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan. "O'tgan yoz "Barselona"dan ijara asosida knyazlik klubiga o'tgan ispaniyalik hujumchi endi rasman "Monako" futbolchisiga aylandi. Tomonlar to'rt mavsumga - 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladilar. Xush kelibsan, Ansu!" - deyiladi "Monako" bayonotida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar