"Atletiko" "Barsa" ustidan FIFA va RFEFga shikoyat qildi

  • Mr.NoBoDy 01.07.2026 00:24
  • 1029
  • 30

"Atletiko" "Barselona" ustidan FIFA va Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga (RFEF) rasmiy shikoyat bilan murojaat qilib, ularni Xulian Alvaresga "bosim o'tkazish"da aybladi.

"Atletiko" o'z shikoyatida ushbu ikkala organni kataloniyalik klubga nisbatan intizomiy ish ochishga va tegishli sankciyalarni qo'llashga chaqirmoqda.

Murojaatga asos sifatida transfer reglamenti bilan taqiqlangan, boshqa klub bilan amaldagi shartnomaga ega bo'lgan o'yinchi bilan muzokaralar olib borilgani iddao qilinmoqda.

Avvalroq Alvares "Atletiko"dan ketish istagini bildirgandi. "Barselona" esa argentinalik hujumchi uchun "Atletiko"ga 100 million evro taklif qilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar