JCH-2026. Xolandning o‘yin so‘nggidagi goli Norvegiyani nimchorak finaliga olib chiqdi

  • Mr.NoBoDy 01.07.2026 00:11
  • 459
  • 30

Jahon chempionati–2026 1/16 finali doirasida Kot-d'Ivuar va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Qiziqarli kechgan bahsda Norvegiya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv AQSHning Texas shtati, Arlington shahridagi «Ey-Ti-end-Ti» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam vazifasini venesuelalik Xesus Valensuela bajardi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida Antonio Nusa hisobni ochib, norvegiyaliklarni oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Amad Diallo hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv taqdirini esa 86-daqiqada Erling Xoland kiritgan gol hal qildi.

Shu tariqa, Norvegiya terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finaliga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda norvegiyaliklar Braziliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. Final bosqichi. 1/16 final
30 iyun, 2026 yil
Kot-d'Ivuar — Norvegiya — 1:2
Gollar: Nusa, 39 (0:1), Diallo, 74 (1:1), Xoland, 86 (1:2).

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar