Yamal JCH-2026da o‘ziga qaratilgan tanqidlarga munosabat bildirdi

  • Mr.NoBoDy 01.07.2026 00:00
  • 621
  • 30

Ispaniya milliy terma jamoasi vingeri Lamin Yamal muxlislar tomonidan o‘ziga nisbatan bildirilayotgan tanqidlar haqida fikr bildirdi.

«Men aynan eng katta e’tibor markazida ekanligimni tushunaman, chunki o‘yin taqdirini o‘zgartira olaman. Bosim sendan kutilayotgan ishni bajara olmaganingda paydo bo‘ladi. Men esa buni qila olaman. Ha, men hamma yaxshi ko‘radigan Pedri kabi futbolchi emasman. Har qancha gollarimni jamoadoshlarim bilan nishonlamay, baribir kimdir meni yoqtiradi, kimdir esa yoqtirmaydi. Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ham doimo hushtakbozlikka uchragan. Bu meni qoniqtiradi, chunki bu — futbol», — dedi Yamal.

Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 guruh bosqichini H guruhida birinchi o‘rinda yakunlab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

1/16 final bosqichida ispanlar Avstriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar