Nevill Keynning asosiy ustunligi nimada ekanligini aytdi

  • Mr.NoBoDy 29.06.2026 23:22
  • 63
  • 30

O‘z vaqtida Angliya terma jamoasi safida to‘p surgan Gari Nevill Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy hujumchisi Xarri Keynning darajasini yuqori baholadi.

«Keyn — maksimal darajada ishonchli bo‘la oladigan futbolchi. Futbolda ham, hayotda ham barqaror ishonchlilik juda muhim. Siz o‘zingiz to‘liq ishonadigan va siz uchun maydonda borini beradigan futbolchilarga ehtiyoj sezasiz. U aql bovar qilmas darajada kuchli va siz undan nima kutish mumkinligini aniq bilasiz», — deya Nevillning so‘zlarini keltiradi Sky Sports nashri.

Ekspert Angliya terma jamoasi yetakchisi Jahon chempionati — 2026 ning pley-off bosqichiga tayyor bo‘lishiga umid bildirdi.

AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan joriy mundialda 32 yoshli hujumchi allaqachon 3 ta gol urishga ulgurdi. U 1/16 final doirasidagi Kongo DR terma jamoasiga qarshi bahsda o‘z gollari sonini yanada oshirishga harakat qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar