
Dushanba kuni Jahon chempionatining 1/8 finaliga beriladigan navbatdagi yo‘llanma uchun Braziliya va Yaponiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishmoqda. Birinchi bo‘lim yakunlandi va stadion tablosida 0:1 hisobi porlab turibdi.
Yaponiya terma jamoasi uchrashuvning 29-daqiqasida hisobni ochdi: Kaisu Sano markaz bo‘ylab oldinga qarab yurish qildi va raqib jarima maydonchasiga yaqinlashgan holda chap burchakka aniq zarba yo‘lladi.
Karlo Anchelotti jamoasi tanaffusdan keyin vaziyatni o‘nglashi va javob golini urishi talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya — Yaponiya bahsi g‘olibi mundialning 1/8 finalida Kot-d’Ivuar — Norvegiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.