
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro Jahon chempionatlari doirasida o‘zining 12-uchrashuvida beshinchi sariq kartochkasini oldi.
Braziliyalik futbolchi JCH-2026 ning 1/16 finalidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi bahsning (1:1, ikkinchi bo‘lim ketmoqda) 14-daqiqasida ishlatgan qo‘polligi uchun ogohlantirish oldi.
Mundiallar tarixida Kazemirodan ko‘ra ko‘proq sariq kartochkani faqatgina argentinalik Xavyer Maskerano (20 ta o‘yinda 7 ta) va braziliyalik Kafu (20 ta o‘yinda 6 ta) olishgan.
Shuningdek, meksikalik Ektor Moreno (12 ta o‘yinda) va Rafael Markes (19 ta o‘yinda), va yana bir Argentina terma jamoasi a’zosi Nikolas Otamendi (17 ta o‘yinda) hisobida ham 5 tadan sariq kartochka mavjud.