
Fransiya milliy terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Adriyen Rabio jamoa ustozi Didye Deshamning ruhiy holati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, mutaxassis og‘ir judolikni boshdan kechirdi — uning onasi vafot etdi. Shu sababli Desham Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichining uchinchi turidan o‘rin olgan Norvegiyaga qarshi uchrashuvni (4:1) o‘tkazib yuborgan edi.
«Bu biz uchun haqiqiy shok bo‘ldi. Uning qalbi og‘rimoqda, lekin nazarimda, jamoadagi muhitga ta’sir qilmaslik uchun u buni u qadar sezdirmaslikka harakat qilyapti. Biz hammamiz birlashdik: uning qanday holatni boshdan kechirayotganini tushunib turibmiz va ruhiy holatini biroz bo‘lsa-da yaxshilashga, unga dalda bo‘lishga harakat qilyapmiz», — deya xavbekning so‘zlarini keltiradi RMC Sport nashri.
Mundialning 1/16 finalida Fransiya terma jamoasi Shvesiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 1 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.