Kuarejma Portugaliya terma jamoasini tanqid qildi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 19:56
  • 87
  • 30

Portugaliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Rikardu Kuarejma JCH–2026 guruh bosqichining 3-turida Kolumbiyaga qarshi o'yindan (0:0) so'ng jamoa o'yinini keskin tanqid qildi.

Portugaliya termasi 1/16 finalda Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 3 iyul oqshomida bo'lib o'tadi.

"Jamoada quvonch ham, ishtiyoq ham, ijodkorlik ham, bizga xos bo'lgan jasorat ham yetishmayapti. Eng asosiysi, xarakter yo'q.

Men o'yinni stadiondan kuzatdim va bu haqda ko'p gaplashdik. Futbolchilar xuddi charchagandek, ruhan tushkun holatda ko'rindi.

Axir ular jahon futbolidagi eng nufuzli turnirda ishtirok etyapti. Istedod va mahorat ularda etarli. Ammo quvonch, erkinlik, ijodkorlik va tavakkal qilishga bo'lgan ishonch yetishmayapti. Menimcha, futbolchilar xato qilishdan qo'rqib, tavakkal qilishga jurat etmayapti", - dedi Kuarejma LiveModeTV efirida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar