Tuxel Keynning rekordiga munosabat bildirdi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 20:22
  • 31
  • 30

Angliya terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichini Panama ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) bilan yakunladi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumchi Xarri Keynning erishgan natijasi haqida fikr bildirdi.

Futbolchi jahon chempionatlarida Angliya terma jamoasi safida urilgan gollar soni (11 ta) bo‘yicha Gari Linekerni (10 ta) ortda qoldirib, yangi rekord o‘rnatdi.

«Xarri uchun hamma juda xursand, chunki u ajoyib jamoadosh. Xarri ayni paytda ham ruhan, ham jismonan a’lo darajadagi sport formasida. U ushbu turnirda oxirigacha bormoqchi va to‘xtab qolish niyati yo‘q», — dedi Tuxel o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Angliya terma jamoasi "L" guruhida birinchi o‘rinni egalladi va 1/16 finalga yo‘l oldi. Ular ushbu bosqichda Kongo DR terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar