
2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turidan o‘rin olgan bahsda Argentina terma jamoasi Iordaniya milliy terma jamoasi ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. «Albiseleste»ning yulduz hujumchisi Lionel Messi uchrashuv yakunlanganidan so‘ng o‘z sahifasida post qoldirdi.
«Guruh bosqichi yakunida yana bir g‘alaba. Birgalikda davom etamiz», — deb yozadi 39 yoshli forvard ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Messi raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Lionel mundialning guruh bosqichidagi uchta o‘yinda o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib qo‘ydi.
1/16 finalda Argentina terma jamoasi Kabo-Verde milliy terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 4 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.