“Mundial Allplay bilan”. Asosiy qism boshlandi - 1/16 finalda bizni qanday o'yinlar kutmoqda? (1-qism)

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 22:56
  • 153
  • 30

Championat.asia pley-offning dastlabki sakkizta uchrashuvi prevyusini e'tiboringizga havola etadi.

JAR - Kanada (28 iyun, 23:59)

Joriy mundial shunisi bilan e'tiborliki, unda mezbon mamlakatlarning barchasi pley-offga chiqish vazifasini uddaladi. Va ularda nimchorak final uchun ham yaxshi imkoniyat bor.

“B” guruhida Shvecariyadan keyin 2-o'rinni egallagan terma jamoa “A” guruhda xuddi shunday natijani qayd etgan mamlakatga qarshi bahs olib boradi. Ikkalasi ham to'rt ochkodan to'plagan bo'lsa-da, bugungacha Kanada gol urish bobida turnir favoritlaridan qolishmayapti, naqd sakkizta. 

gettyimages-2281286284-2048x2048.jpg

Ularning oltitasi Eron darvozasiga urilgan. Janubiy Afrika Respublikasi esa bu borada O'zbekiston bilan bir xil natijani qayd etgan - 2 ta to'p kirita olishgan. Faqat ularning hisobida g'alaba hamda durang mavjud. Zo'r-a?

Ushbu bahsda favorit Kanada, ammo JAR ham uzoqqa borish imkoniyatidan foydalanib ko'rishi aniq. Qiziq o'yin kutyapti bizni.

Braziliya - Yaponiya (29 iyun, 22:00)

Ushbu bosqichda ikkita qiziqarli o'yin kutilayotgan bo'lsa, bittasi shu. Anchelotti boshchiligidagi terma jamoa Osiyoning kuchli va yorqin termasiga qarshi. Shubhasiz, ushbu juftlikda favorit pentakampeonlar. Ammo doimo favorit terma jamoalarga bosh og'riq bo'ladigan “samuraylar” bu safar ham ananasiga sodiq qoladi.

gettyimages-2282632644-2048x2048.jpg

Braziliyaliklar garchand o'z guruhlarida peshqadam bo'lgan ersa-da, yaponlar Niderlandiya bilan durang o'ynay oldi. Qiziq jihati shuki, ushbu ikki terma jamoa ham birdek gol urishdi - ettitadan. 

Germaniya - Paragvay (30 iyun, 01:30)

Nemislar chempionlik uchun nomzod sifatida ko'rilayotgan vaqtda, ularni ushbu bahsda “ikkinchi raqam” deyish noo'rin, albatta. Biroq, Paragvay shunday terma jamoaki, ular mundiallarda doim favoritlarni nishonga olishga intilishadi.

Yana bir jihati shuki, Germaniya guruhidagi so'nggi tur uchrashuvida Ekvadorga mag'lub bo'lishdi. Agar terma jamoa ikkinchi tarkibini o'yinga qo'yib, yetakchilarga dam berganida tushunsa bo'lardi. Yo'q, nemislar mazkur bahsda ham asosiy tarkibda tushgan edi.

gettyimages-2281572221-2048x2048.jpg

Ekvador va Paragvayni esa qiyoslash mumkin, aslida. FIFA reytingidagi o'rin qariyb ikki baravar bo'lsa-da, o'yini va natijalari bir-biriga yaqin. 

Pley-offni bezab beruvchi o'yinlardan biri ayni ushbu o'yin bo'lsa, ajab emas.

Niderlandiya - Marokash (30 iyun, 06:00)

Braziliya - Yaponiya bahsi haqida yuqorida takidlaganimizdek, pley-offda ikkita qiziqarli bahs bo'lsa, ularning ikkinchisi aynan mazkur o'yin. Afrikaliklar aynan Neymar yetakchiligidagi terma jamoaga yaxshigina bosh og'riq bo'la olishgandi. “Uchar gollandlar” esa Yaponiyaga qarshi bahsda qiynalgani kabi, mazkur uchrashuvda ham oson bo'lmasligini his etishsa, ajabmas.

gettyimages-2246644544-2048x2048.jpg

Harqalay, biri so'nggi mundiallarda yarim finaldan boshqasiga rozi bo'lmayotgan, yana biri esa Qatardagi JCHda syurpriz bo'lgan terma jamoa. Haqiqiy futboldan zavq olmoqchi bo'lsangiz, ularning guruhlaridagi o'rni, FIFA reytingida joylashgan joyini inobatga olmang.

Kot-d’Ivuar - Norvegiya (30 iyun, 22:00)

Holand yetakchiligidagi jamoa guruhidagi so'nggi bahsda ochiqchasiga francuzlarga peshqadamlikni taqdim etishdi. Endigi raqibi esa oson emas, tabir joiz bo'lsa, biroz haqiyishli. 

Kot-d’Ivuar Germaniyaga qanchalik bosh og'riq bo'la olganini ko'rdik. “Vikinglar” esa yorqin futboli bilan barchaga zavq ulashmoqda. Endi bu juftlik - pley-offda. 

gettyimages-2281959577-2048x2048.jpg

Ikkalasida ham imkoniyatlar bir xil, super bahs guvohi bo'lishiimiz esa kafolatlangan.

Fransiya - Shvetsiya (1 iyul, 02:00)

Shvetsiya, esi bo'lsa, yaponlarni 2-o'rin bilan Braziliyaga duch kelgani maqul edi. Sababi bugungi Fransiya - yirtqich. Braziliya esa “o'ynasa bo'ladigan” raqib hisoblanib turibdi. 

Yevropaliklar aynan qitadoshlariga qarshi bahsda yirik hisobda mag'lub bo'lishdi. Osiyo va Afrika terma jamoasiga bosh og'riq bo'la oldi. 

gettyimages-2281942286-2048x2048.jpg

Francuzlar esa hech kimni “ko'rdim demayapti”. Ularda g'oya bir - raqibni yanchib ket, tamom. Favorit kimligi aniq. 

Meksika - Ekvador (1 iyul, 06:00)

Lotin Amerikasi qarama-qarshiligi guvohiga aylanamiz. Mezbonlar bu bahsda yetakchi, favorit. Biroq Ekvadorning guruhidagi so'nggi o'yinidan keyin “duxi” ortgani tabiiy. 

Har ikki ham, aslida, nimchorak finalni bezagan bo'lardi, biroq, bu mundial va unda ikkitadan birini tanlash lozim. Ekvadorga ushbu o'yinda oson bo'lmasligi aniq. Ular muxlislari uchun katta bayram olib kelishi uchun ham yaxshi natija qayd etishga intiladi. 

gettyimages-2281117207-2048x2048.jpg

Meksikaliklar esa muxlislari ko'z o'ngida uzoqroqqa borishni maqsad qilgan va ushbu uchrashuv ularga “debocha” vazifasini o'tashi mumkin.

Angliya - Kongo DR (1 iyul, 21:00)

Kim biladi deysiz, ehtimol, shu vaqtda Abduqodir Husanov Angliyaga qarshi bahs olib boradi, deb yozayotgan bo'larmidik. Nachora, borimiz shu, hozircha.

Kongo Portugaliya va Kolumbiyaga yaxshigina bosh og'riq bo'la oldi. Angliya ham ulardan mustasno bo'lmaslik ehtimoli katta.

gettyimages-2282095640-2048x2048.jpg

Aynan Tuxel shogirdlari Afrika terma jamoasi - Ganaga qarshi o'yinda qiynalishda va gol ura olishmadi. Bu gal ham oson bo'lmasligi aniq. 

“Setka” shunday tuzilganki, Argentina, Braziliya, Angliya uchun yarim finalga qadar bo'lgan yo'l qulay. So'nggi ikki Yevropa chempionati finalchilari endi JCHda g'olib chiqishi uchun yaxshi imkoniyatni qo'ldan boy bermasligi turgan gap.

JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul

Promokodni faollashtirish HAVOLASI

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar