
"Stayki" stadionida bo'lib o'tgan mazkur bahsda o'zbekistonliklar mahalliy "Dinamo BFSO" klubiga qarshi o'ynab, 7:1 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.
Murosasiz va gollarga boy o'tgan uchrashuv davomida "Andijon" vakillari to'liq ustunlikni namoyish etishdi. Kiritilgan gollarga Po'latxo'ja Xoldorxonov hamda Aleksandr Andronikashvili ikkitadan (dubl) mualliflik qilgan bo'lsa, Doniyor Abdumannopov, Islom To'xtaxo'jaev va zaxiradan o'yinga qo'shilgan Shohjahon Yorqinboev bittadan raqib darvozasini ishg'ol etishdi.
Mazkur bahsda "Andijon" jamoasi maydonga quyidagi tarkibda harakat qildi:
Asosiy tarkib: Artyom Potapov, Odil Abdumajidov, Abdurahmon Komilov, Islom To'xtaxo'jaev, Usmonali Ismonaliev, Aleksandr Andronikashvili, Humoyunmirzo Iminov, Damir Temirov, Doniyor Abdumannopov, Azizbek Turg'unboev, Po'latxo'ja Xoldorxonov
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar:
Abdulvohid G'ulomov, Nemanya Chalasan, Muhammadkarim Toirov, Dragan Cheran, Xamidullo Karimov, Shohjahon Yorqinboev, Bekzod Sulaymonov, Imeda Ashortiya, Martin Boake.




