Shomurodov JCH-2026dan chiqib ketilganidan keyin o‘z goli va Kannavaro haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 20:22
  • 92
  • 30

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov JCH-2026 guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DRga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Fabio Kannavaro jamoaga tajriba yetishmaganini, ikkinchi bo‘limda esa kelishilmagan holda uzun uzatmalarga o‘tib ketganingizni aytdi. Rostdan ham shunday bo‘ldimi?

— Ha, albatta. Bu yerda hammasi psixologiya bilan bog‘liq. Hisobda oldinda bo‘lsangiz, har qanday holatda ham gol o‘tkazmaslik va ustunlikni saqlab qolishga harakat qilasiz. Shu sababli xatolar yuzaga keladi. Biz to‘pni yaxshi nazorat qila olmadik va o‘ylaymanki, raqib bizni aynan shuning uchun jazoladi.

Golli uzatma vaqtida Abbos Fayzullayev to‘pga tekkanmi?

— Uning o‘zi to‘pga tekkanini aytdi. Umid qilamanki, assist ham unga yoziladi.

Jahon chempionatida gol urganingiz siz uchun qanchalik muhim?

— Albatta, bu men uchun muhim. Har qanday futbolchi jahon chempionatida gol urganini eslab yuradi. Agar g‘alaba qozonganimizda, yanada yaxshi bo‘lardi.

Portugaliya bilan o‘yindan keyin kim bilandir futbolkangiz bilan almashdingizmi?

— Yo‘q. O‘sha paytda hech kim bilan futbolka almashish kayfiyatida emasdim.

Kannavaro jamoaga nimalar berdi?

— Juda ko‘p ijobiy narsalar berdi. Ularni birma-bir sanab o‘tirmayman. Bizda uning istagidagi futbolni to‘liq shakllantirish uchun vaqt kam bo‘ldi. Lekin professional jihatdan u futbolchilarga juda ko‘p narsani o‘rgatdi, bunday yuqori darajada to‘p surish uchun qanday futbolchi bo‘lish kerakligini tushuntirdi, — dedi Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida uchala uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchrab, K guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi. Jamoa avvalroq Kolumbiyaga (1:3), Portugaliyaga (0:5) va Kongo DRga (1:3) imkoniyatni boy berdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar