Turkiyada Montella borasida bir qarorga keldi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 20:11
  • 476
  • 30

Italiyalik mutaxassis Vinchenso Montella, Turkiya milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokiga qaramay, o‘z lavozimida qoladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, turklar guruh bosqichida Avstraliya (0:2) va Paragvay (0:1) terma jamoalariga imkoniyatni boy berishdi. So‘nggi turda Montella shogirdlari AQSH ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi, biroq ushbu uchrashuv oldidan Turkiya pley-offga chiqish imkoniyatidan allaqachon mahrum bo‘lib ulgurgan edi.

Takvim nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Turkiya futbol federasiyasi murabbiy bilan muzokaralar o‘tkazgan. Tomonlar jamoaga bir qator o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha kelishib olishdi. Birinchidan, murabbiylar shtabidan ruhshunos (mentor) va ehtimol, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yangi mutaxassislar joy oladi. Ikkinchidan, Montella o‘yin taktikasini o‘zgartirishga hamda yangi futbolchilarga e’tibor qaratgan holda, tarkibni shakllantirishga yanada moslanuvchan yondashishga va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, Montella Turkiya milliy terma jamoasini 2023 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar