
Opta statistik portali 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining ramziy terma jamoasini taqdim etdi.
Darvozabon: Vozinya (Kabo-Verde).
Himoyachilar: Marvin Senayya (Gana), Diney Borjesh (Kabo-Verde), Pau Kubarsi (Ispaniya), Keeyto Nakamura (Yaponiya).
Yarim himoyachilar: Ueston Makkenni (AQSH), Pedro Vite (Ekvador).
Hujumchilar: Lionel Messi (Argentina), Vinisius Junior (Braziliya), Erling Xoland (Norvegiya), Kilian Mbappe (Fransiya).
Reyting mualliflari Kabo-Verde terma jamoasining 40 yoshli posboni Vozinyaning o‘yiniga alohida to‘xtalib o‘tishdi. U o‘z terma jamoasiga tarixda ilk bor jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqishda yordam berdi. Himoyachilar orasida esa guruh bosqichi davomida atigi beshta aniq bo‘lmagan uzatmani amalga oshirgan Pau Kubarsi ajralib turdi.
Messi 6 ta gol bilan to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda, Xoland ikkita o‘yinda 4 ta gol urdi, Vinisius guruh bosqichidagi har bir uchrashuvda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, Mbappe esa 6 ta golli vaziyatda bevosita ishtirok etdi (4 ta gol va 2 ta golli uzatma).