FIFA Messining jahon chempionatlaridagi rekordiga munosabat bildirdi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 19:44
  • 22
  • 30

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) matbuot xizmati Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messining jahon chempionatlaridagi yettita o‘yinda ketma-ket gol urib, musobaqa rekordini o‘rnatganligi munosabati bilan o‘z fikrini bildirdi.

«Tarix yaratildi, yana bir bor!» — deyiladi FIFA xabarida.

Messining golli seriyasi 2022 yilgi jahon chempionati 1/8 finalida Avstraliyaga qarshi kechgan o‘yindan boshlangan. Shundan so‘ng, hujumchi pley-offning keyingi barcha bosqichlarida, shu jumladan finalda ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 2026 yilgi jahon chempionatida 39 yoshli futbolchi guruh bosqichining barcha uchta uchrashuvida o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. 3 iyul kuni Argentina terma jamoasi 1/16 final bosqichida Kabo-Verde terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar