Shirer: "80–90-yillarda bir mavsumda 20 ta gol ursangiz ham katta natija edi. Keyn esa 61 ta gol urdi"

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 19:24
  • 354
  • 30

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alan Shirer Jahon chempionatlari tarixida angliyaliklar orasida eng yaxshi to'purarga aylangan Xarri Keynning yutug'ini yuqori baholadi.

"Bu shunchaki aqlbovar qilmas natija. U ajoyib to'purar. O'zi uchun belgilab olgan standartlari va hafta sayin o'sib borayotgan o'yini hayratlanarli.

Xarri ushbu turnirga mavsum davomida klubi safida urgan 61 ta gol bilan keldi. Bu juda katta ko'rsatkich. Men faoliyatimni 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida boshlaganman. O'sha paytlarda bir mavsumda 20 ta gol ursangiz ham bu juda katta yutuq hisoblanardi.

Hozirgi futbolchilar, ayniqsa Xarri kabi hujumchilar, samaradorlikni mutlaqo boshqa darajaga olib chiqishdi. U haqiqiy professional va bunday etiroflarga to'laqonli munosib", - dedi Shirer.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar