
"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha muzokaralarni boshlashga rozilik bergan.
Hozirda 27 yoshli yarim himoyachining bozor qiymati taxminan 25 million evro deb baholanmoqda. Biroq transfer summasi bundan ham pastroq miqdorda kelishilishi mumkin. Tomonlar o'rtasida dastlabki ma'lumot almashinuvi allaqachon boshlangan.
Maunt 2023 yilning yozida "Chelsi"dan "Manchester Yunayted"ga 64 million evro evaziga o'tgan edi. Biroq tez-tez jarohat olishi sababli u Manchester klubida o'z salohiyatini to'liq namoyon eta olmadi.
"Milan" esa yangi mavsum oldidan markaziy yarim himoya chizig'ini kuchaytirish ustida ishlamoqda va Maunt bu poziciya uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rilmoqda.
Maunt o'tgan mavsumda mankunianliklar safida 25 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.