
Kolumbiya terma jamoasi ustozi Nestor Lorenso Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchinchi turi doirasida Portugaliya termasiga qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Jamoalar uchrashuvda 0:0 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
«Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Nazarimda, jamoamiz g‘alabaga loyiq harakat qildi, gol urish uchun bizda yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi. Biroq ushbu uchrashuvda bizga aniqlik yetishmadi. Bizga Portugaliya qiyofasidagi kuchli raqib qarshilik ko‘rsatdi, ammo men biz yaxshiroq harakat qildik deb hisoblayman», — deya mutaxassisning so‘zlarini FIFA matbuot xizmati keltirmoqda.
Kolumbiya terma jamoasi o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Lorenso shogirdlari mundialning 1/16 finali doirasidagi navbatdagi uchrashuvni Gana terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.