Ronaldu va Messi JCH-2026da faqat finalda to‘qnash kelishlari mumkin

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 13:55
  • 317
  • 30

Portugaliya terma jamoasi o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallay olmadi va peshqadamlikni Kolumbiyaga boy berdi. So‘nggi turda bo‘lib o‘tgan o‘zaro bahsda jamoalar gol ura olishmadi (0:0). Portugaliyaliklar 5 ochko, kolumbiyaliklar esa 7 ochko jamg‘arishdi. Shu tariqa, ko‘pchilik intiqlik bilan kutayotgan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining maydondagi to‘qnashuvi endi faqatgina Jahon chempionati finalida sodir bo‘lishi mumkin — ular ungacha bo‘lgan bosqichlarda o‘zaro to‘qnash kelmasliklari endi aniq.

3 iyul kuni Portugaliya 1/16 final doirasida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Bir kun o‘tib esa, Argentina pley-offning ilk raundida Kabo-Verde bilan kuch sinashadi.

Katta ehtimol bilan, JCH-2026 ham Ronaldu, ham Messi uchun faoliyatlaridagi so‘nggi mundial bo‘ladi. Krishtianu shu yilning fevral oyida 41 yoshini kutib olgan bo‘lsa, Leo turnir davomida 39 yoshga to‘ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar