Raul Asensio 20 mln evro evaziga A Seriya klubiga o'tishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 15:08
  • 1055
  • 30

"Real" himoyachisi Raul Asensio "Lacio"ning transfer ro'yxatiga kiritildi, deb xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, Rim klubi 23 yoshli ispaniyalikni "Al Sadd"ga o'tgan Alessio Romanoliga ehtimoliy o'rinbosar sifatida ko'rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, "Lacio" futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha dastlabki muzokaralarni allaqachon o'tkazgan. Bitim summasi taxminan 20 million evroni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, futbolchining o'zi hozircha "Real"da qolishni xohlaydi, uning shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxiriga mo'ljallangan.

Asensio o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 34 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali himoyachining narxini 20 million evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar