Bellingem Keynni Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb atadi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 14:16
  • 1679
  • 30

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem terma jamoa sardori Xarri Keyn bilan munosabatlari haqida gapirdi.

“So'nggi to'rt-besh yil ichida Xarri bilan juda yaxshi munosabatlarga ega bo'ldik, ayniqsa, Qatardagi jahon chempionati yaqin hamkorlikda o'ynay boshlaganimizdan so'ng. U bilan birga maydonga chiqish men uchun sharaf. Menimcha, u Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi. U rivojlanishda davom etmoqda va bu hayratlanarli. Ko'rinib turibdiki, u sardorlik roliga qancha kuch sarflaydi va bizni o'z ortidan ergashtiradi. Uning mahorati hammasini aytib turibdi: u eng yaxshisi”, - dedi futbolchi.

Angliya terma jamoasi uchta o'yinda 7 ochko jamg'arib, “L” guruhida birinchi o'rinni egalladi. Inglizlar 1/16 finalda Kongo DR terma jamoasi bilan o'ynaydi. Uchrashuv 1 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar